Telegram Yevrokomissiyaga Apple ustidan shikoyat qildi
Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Apple va Google kompaniyalari startaplarning rivojlanishiga xalal berayotgani haqida maqola yozgandi.
Telegram messenjeri Apple kompaniyasining App Store ilovalar do‘konini raqobat qoidalariga zid ravishda ishlashda ayblab Yevrokomissiyaga shikoyat qildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Shikoyatda aytilishicha, «Apple foydalanuvchilarga App Store do‘konidan tashqaridagi ilovalarni ham yuklab olishiga imkoniyat berishi lozim».
Shuningdek, Apple har bir ilova sotib olingani uchun 30 foiz haq olishi ham adolatdan emas. Shikoyatda keltirilishicha, bu miqdor App Store faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash uchun keragidan ancha ortiq.
Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov ana shunday fikrlar bilan chiqqandi. Uning ta'kidlashicha, «Bugungi kunda smartfon foydalanuvchilariga o‘z xizmatlarini sotayotgan barcha dasturchilar amalda o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq Apple va Google uchun ishlab beradi. Natijada Apple va Google o‘nlab milliard dollarni o‘zlarining offshor hisoblarida aylantiradi, butun dunyodagi yuz minglab dasturchilar esa zo‘rg‘a kun kechiradi».
Durov shuningdek, Yevropada Apple’ga qarshi boshlangan antimonopoliya ishini «ijobiy qadam» deb baholagandi.
Mavzuga oid
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
18:04 / 23.11.2024
Apple Siri ovozli yordamchisini ChatGPTning raqobatchisiga aylantirmoqchi
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024