Fan-texnika | 20:57 / 31.07.2020
5519
2 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi iPhone 12 chiqarilishini keyinroqqa qoldirdi

Apple kompaniyasi joriy yilda iPhone’ning yangi modellarini odatdagidan bir necha hafta keyinroq chiqarmoqchi. Bu haqda Apple’ning bosh moliyaviy direktori Luka Maestriga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

2019 yilda kompaniya iPhone’ning yangi modellari qatorini 10 sentyabrda taqdim qilgan, 20 sentyabrdan esa gadjetlar sotuvga chiqarilgan. Bloomberg’ning taxmin qilishicha, yangi modeldagi iPhone 12 sentyabrda emas, oktyabrda chiqadi.

Maestri kompaniyaning 2020 yilning 3-choragidagi faoliyati bo‘yicha hisobot berilishida iPhone 12 sentyabrda chiqmasligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlagan.

“O‘tgan yil biz yangi ayfonlarni sentabr oxirida sotishni boshlagandik, joriy yilda gadjetlar bir necha hafta kechroq sotuvga chiqarilishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Maestri.

Ta'kidlanishicha, Apple yangi modellari chiqarilishi kechiktirilishining sababini tushuntirmagan. Biroq ilk iPhone 5G’lar chiqarilishi kechiktirilishi haqidagi gaplar bahordayoq paydo bo‘lgan. OAV buni koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan muammolar bilan tushuntirgandi.

Mavzuga oid