Jahon | 08:57 / 01.08.2020
7686
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp TikTok’ni AQShda taqiqlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasining Amerika hududida ishlashiga taqiq joriy etmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.

Foto: Saul Loeb/AFP via Getty Images

«Modomiki [biz] TikTok [mavzusi]ni tilga olgan ekanmiz, uni AQShda taqiqlaymiz», — degan davlat rahbari Floridadan Vashingtonga qaytayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga.

Amerika yetakchisi bu borada kerakli ijro farmoni imzolashi yoki favqulodda iqtisodiy vakolatidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Avvalroq Microsoft Xitoyning TikTok onlayn servisini xarid qilish borasida muzokaralar boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Servis Xitoyning ByteDance internet kompaniyasiga tegishli. Tramp mamlakat hokimiyati TikTok’ka qarshi turli choralar qo‘llash, jumladan uni taqiqlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bir haftacha muqaddam ayrim amerikalik investorlar TikTok’ni bosh kompaniya ByteDance’dan sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani ma'lum bo‘lgan edi. Bu ko‘rsatkichlari tobora o‘sib borayotgan ilovani ByteDance nazorat qila olmayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid