Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Foto: Toshkent shahar FVB
Bugun, 3 avgust kuni, soat 13:32da Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko‘chasi 13-uyning 12 xonadonida yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in uy oshxonasiga va oshxona jihozlariga zarar yetkazgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 13:38da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 13:59da to‘liq bartaraf etilib, uyning 50 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, 6 nafar fuqaro zudlik bilan xavfsiz joyga olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026