Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford rahbari oktyabrda iste'foga chiqadi
AQShning Ford Motor Co. avtomobilsozlik kompaniyasi bosh ijrochi direktori Jim Xakett oktyabrda iste'foga ketadigan bo‘ldi. Xakett bu lavozimni 3 yilga yaqin egallagan.
Kompaniya xabarida aytilishicha, Xakett 2021 yil mart oyi oxirigacha kompaniyada “maxsus maslahatchi” sifatida qoladi.
Kompaniyaning yangi rahbari va prezidenti etib bosh operatsion direktor Jim Farli tayinlandi. U yangi lavozimni 1 oktyabrdan boshlab egallaydi.
Farli Ford’ga Toyota’dan 2007 yilda o‘tgan. U, shuningdek, kompaniya direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi.
Farli kompaniya kasodga uchrash yoqasida qolgan 2008-2009 yillardagi jahon moliyaviy inqirozi vaqtidan keyin Ford’ning to‘rtinchi rahbari bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:47 / 16.06.2026
Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi
22:35 / 11.08.2025
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
21:35 / 18.11.2024