Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Svetoforlar ishlash vaqtini uzaytirish taklif qilindi
Toshkent shahrida svetoforlar ishlash vaqtini uzaytirish taklif etilgan.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida svetoforlar ishlash vaqtini uzaytirish haqida petitsiya joylashtirildi.
Respublikada avtomobillar soni kun sayin ko‘payib borayotganini hisobga olgan holda, Toshkent shahrida svetoforlar ishlash vaqtini uzaytirish taklif etilgan.
“Shaharning ayrim qismlarida svetoforlar soat 23:00dan keyin ishlashdan to‘xtaydi, to‘g‘rirog‘i, faqat sariq chiroq yonib turadi. Lekin asosiy masala shundaki, hozirgi kunda aholining avtomobilda harakatlanish vaqti ham sezilarli ravishda uzaygan, hatto, karantin vaqtida ham soat 00:00 va 01:00da shahrimizning ko‘plab qismlarida avtomobillarning harakati yetarlicha ko‘p”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Turli baxsiz hodisalarni oldini olish uchun svetoforlarning ishlash vaqtini 2 soatga uzaytirishni taklif etilgan. Ya'ni, svetoforlar 23:00dan emas, 01:00dan ishlashni to‘xtashi kerakligi aytiladi.
Mavzuga oid
14:47 / 05.12.2025
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025