Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada dunyodagi eng uzun veloyo‘lak ochildi
Turkiyaning janubida joylashgan Xatay viloyatida O‘rta yer dengizi sohili bo‘ylab ketuvchi 26 kmlik veloyo‘lak ochildi. E'tiborlisi, veloyo‘lak birorta boshqa yo‘l bilan kesishmaydi va dunyodagi eng uzun veloyo‘lak deb e'tirof etilmoqda.
Hurriyet nashrining xabar berishicha, yo‘lak dengiz sohiliga parallel ravishda avtotrassa bo‘ylab ketgan. U Samandag‘ va Arsuz aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Xatay viloyati gubernatori Rahmi Do‘ganning ta'kidlashicha, veloyo‘lakni ikki yo‘nalish bo‘yicha qo‘llash mumkin. Shu sababli 52 km uzunlikka ega marshrut hosil bo‘ladi.
Veloyo‘lak bo‘ylab 5 ta dam olish joyini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yildayoq unda milliy va xalqaro musobaqalar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026