Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Xitoy fuqarosiga nisbatan talonchilik sodir etildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari Xitoy fuqarosiga nisbatan sodir etilgan talonchilikda gumonlanuvchi shaxslarni qo‘lga olishdi.
Joriy yilning 3 avgust kuni Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga Xitoy fuqarosi, 24 yoshli Ya.D. murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taxminan soat 22:40da o‘zining «Lasetti» avtomobilida bo‘lganida uning mashinasiga ikki notanish kishi chiqqan. G‘arazgo‘ylar uni savollar bilan chalg‘itib, salondan ichida pasport, so‘m va AQSh dollarida bo‘lgan pullar, bank kartalari bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketishgan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida Bog‘tepa ko‘chasida daraxt ostida sumka, pasport va kartalar topildi.
Mazkur holat asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi («Talonchilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga ko‘ra, shuningdek, tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi o‘rganilgach, Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari talonchilikda gumonlanuvchi shaxslarni aniqlab – 25 yoshli A.M. va 23 yoshli M.S.ni qo‘lga olishdi.
Tergov davomida o‘g‘irlangan narsalarning bir qismi jabrlanuvchiga qaytarildi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 05.03.2026
Milliy bog‘da katta qurilish: daraxt kesilgani uchun kim javob beradi?
18:50 / 04.03.2026
Toshkent bosh rejasining o‘zgarishi: endi ayrim joylarda 30-40 qavatgacha qurilish qilsa bo‘ladi
13:44 / 04.03.2026
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
11:47 / 04.03.2026