Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya bosh vaziri noqonuniy muhojirlarni “biologik bomba”ga qiyosladi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi ortida noqonuniy muhojirlar Vengriya aholisiga biologik xavf soladi, ulardan ba'zilari esa “biologik bomba”ga o‘xshaydi.
“Bosh vazirning ta'kidlashicha, Vengriyaga noqonuniy yoki nazoratsiz kirmoqchi bo‘layotgan har bir muhojir Vengriya uchun biologik va tibbiy xavf bildiradi. Biz buni har qanday yo‘l bilan bartaraf etishimiz lozim”, deb aytilgan Vengriya hukumati saytida joylangan bayonotda. Orban yuqorida keltirilgan so‘zlarni Kossuth radiostansiyasi efirida aytib o‘tgan.
Uning ta'kidlashicha, har bir noqonuniy muhojirni “infeksiyaning ehtimoliy tarqatuvchisi” sifatida baholash kerak.
Orbanning aytishicha, uning “keskin bayonoti” huquq himoyachilariga qaratilgan. U, shuningdek, ichki ishlar vazirligidan politsiya xodimlari va harbiylar chegarani noqonuniy kesib o‘tishga har bir urinishning oldini olishlarini so‘ragan, chunki ayni vaqtda muhojirlar ham aholi sog‘lig‘iga xavf soladi.
“Biz migratsiya va koronavirus epidemiyasi haqida bir vaqtda gapirganda, go‘yoki har bir muhojir “biologik bomba” hisoblanishi kabi tasavvur hosil qilmasligimiz lozim. Biroq aslida esa ulardan ba'zilari shundaylar [“biologik bomba”] va muammo shundaki, aynan kim shunday ekanligini aniqlashning yo‘li yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Orban.
Bosh vazirning ma'lum qilishicha, Vengriya Yevropa ittifoqidan koronavirusga qarshi vaksinadan 5 mln doza buyurtirgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Vengriyada koronavirusga chalinganlar soni 4,6 mingdan oshib ketgan. Jumladan, virusdan 602 kishi vafot etgan, 3,4 mingdan ko‘proq bemor sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026