Tailand 2021 yilgacha turistlarni qabul qilmasligi mumkin
Tailandda pandemiyaga qadar turizm sohasida 4 mln kishi xizmat qilgan, ammo keyingi yarim yilda daromadning pasayishi natijasida ishsiz qolganlar soni 2,5 mln kishiga yetishi mumkin.
Tailand turizm boshqarmasi (TAT) mamlakat turistlar uchun 2021 yilgacha yopiq turishi mumkinligini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, qirollik hukumati koronavirus olib kirilishi sababli yana pandemiya avj olishidan xavfsiramoqda, deb xabar berdi TTG Asia portali.
"TAT rahbari o‘rinbosari Chattan Kunjara Na Ayudxya Tailand chegaralari qachon ochilishi mumkinligi borasida hech qanday ma'lumot yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu masalaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda", - deb yozadi nashr.
Ayudxyaning qayd etishicha, bunday noaniqlik mamlakat turizmiga kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Tailand hukumati pandemiyani yengdi deb hisoblangan mamlakatlar, masalan Vetnamda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani sababli xavfsiz"turistik yo‘laklar" tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan.
TAT rahbari Yutasak Supasornning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qadar turizm sohasida 4 mln kishi xizmat qilgan, ammo keyingi yarim yilda daromadning pasayishi natijasida ishsiz qolganlar soni 2,5 mln kishiga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024