Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ochiladi
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda 20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushishi haqida ma'lum qildi.
20 avgustdan boshlab buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati (sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir marta sanitar kunini e'lon qilgan holda faoliya boshlaydi.
Bunda, supermarket va boshqa yirik do‘konlar:
- kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion «to‘shaklar», antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishini, shuningdek, ushbu obektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta'minlash talab etiladi;
- ishchi, xizmat, umumiy sanitar-gigiyenik uzel xonalarini, yirik sig‘im maydonlarini (xonalarini) va havo aylantirish tizimini ultrabinafsha zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash choralarini ko‘rishi lozim.
Shuningdek, 20 avgustdan sport zallari, fitnes klub, trenajyer va basseynlar faoliyatiga ruxsat beriladi.
Ushbu obektlar faoliyatini amalga oshirishda:
- ularning doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
- har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta'minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026