Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh shtatlaridan birida politsiyachilarga ish vaqtida niqob taqish taqiqlandi
Foto: Reuters
AQShning Florida shtatida joylashgan Marion okrugi sherifi o‘z qo‘l ostidagi politsiyachilarga ish vaqtida niqob taqmaslikni buyurdi. Bu haqda Foxnews telekanali xabar berdi.
Sherif Billi Vuds ayni vaqtda AQShda politsiyachilarga munosabat yomonlashgani sababli, politsiyachilarda niqob bo‘lmasligi ularning aholi bilan muloqotini yengillashtirishi haqidagi qarorga kelgan.
“Mening buyrug‘im xizmat o‘tayotgan, politsiya ofisida ishlayotgan har bir xodimga taalluqlidir”, deb ma'lum qilgan sherif.
Sherif turmalar, maktablar, shifoxonalar yoki koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan odamlar bilan ishlaydigan xodimlar uchungina niqob taqishga ruxsat bergan. Vudsning ta'kidlashicha, politsiya bo‘limiga tashrif buyuruvchilar ham niqobsiz bo‘lishlari kerak. Bu bo‘limga keluvchilarni identifikatsiya qilish uchun talab etiladi.
Sherif bu qarorga kelishdan oldin boshqa politsiyachilar bilan birgalikda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini ma'lum qilgan. Trampning o‘zi ham ancha vaqt davomida niqob taqishdan bosh tortib kelgan.
Floridada niqob taqish majburiy hisoblanmaydi, biroq shtat AQShda koronavirus tarqalishining eng yirik o‘choqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi ikki kun ichida shtatda koronavirusdan 450 dan ko‘proq odam vafot etgan. Umumiy hisobda pandemiya boshidan beri Floridada virusdan 8,7 mingdan ko‘proq odam vafot etgan, 550 mingdan ko‘proq odam unga chalingan.
Mavzuga oid
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13 / 29.01.2026