Jahon | 11:03 / 14.08.2020
10983
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada bosh vazir o‘zgardi  

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In hukumat rahbarini o‘zgartirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.  

Foto: Reuters

Ushbu qaror Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan. Bosh vazir lavozimiga partiya markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Dok Xun tayinlangan. U ushbu lavozimni 2019 yildan beri egallab kelgan Kim Chje Ren o‘rnini egallaydi. 

Kim Chje Ren esa o‘z navbatida Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid