Jahon | 08:39 / 16.08.2020
18333
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Dunyoda kunlik kasallanish bo‘yicha rekord qayd qilindi

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 21 mlndan oshib ketdi, virusdan 755 mingdan ko‘proq odam vafot etdi.

Foto: Kirill Zykov

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada dunyoda virusdan 294 ming 237ta yangi kasallanish holati qayd qilingan va bu pandemiya boshidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, koronavirusdan bir kun ichida 9985 kishi vafot etgan. Bu ko‘rsatkich pandemiya boshidan beri qayd qilingan kunlik o‘lim holatlari orasida ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bir kun ichida bundan ko‘proq odam faqatgina 17 aprelda vafot etgan. O‘shanda dunyo bo‘yicha virusdan kunlik o‘limlar holati 12453 tani tashkil qilgan.    

Infeksiyaning tarqalishi bo‘yicha Shimoliy va Janubiy Amerika yetakchi bo‘lib qolmoqda. Bu ikki qo‘shni qit'ada umumiy hisobda 11271215 ta kasallanish, 410483 ta o‘lim holati qayd etilgan. 

2-o‘rinni Yevropa egallamoqda. Ushbu qit'ada 3733965 ta kasallanish va 213674 ta o‘lim holati qayd etilgan. So‘nggi 24 soat ichida Yevropada kasallanganlar soni 29260 nafarga, vafot etganlar soni 365 nafarga ko‘paygan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha 3-o‘rinni Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi egallamoqda. Bu yerda koronavirusga chalinganlar soni 2971104 nafarga, undan vafot etganlar soni 58844 nafarga yetgan. So‘nggi sutkada mintaqada kasallanganlar soni 70 mingdan ko‘proqqa, qurbonlar soni 1088 nafarga oshgan. 

Mamlakatlar miqyosida qaraladigan bo‘lsa, eng ko‘p kasallanish holatlari AQShda qayd qilingan - 5203206 ta. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (3224876 ta kasallanish holati), Hindiston  (2526192 ta), Rossiya (917884 ta), JAR (579140), Peru (507996 ta), Meksika (505751 ta), Kolumbiya (433805 ta), Chili (382111 ta) va Eron (338825 ta) egallamoqda..

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid