Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Oltin daftar» atamasi joriy etiladi
Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev 17 avgust kuni prezident huzurida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Muhtaram prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yana bir yo‘nalish – salohiyatli vatandoshlarimizning imkoniyatlaridan foydalanish.
«Oltin daftar» degan termin, ya'ni O‘zbekistonning taraqqiyotiga u yoki bu ma'noda xizmat qila oladigan salohiyatli investor bo‘ladimi, xorijdagi nufuzli universitetlarda ishlayotgan professor bo‘ladimi yoki xalqaro tashkilotlar ishlayotgan vatandoshlarimiz bo‘ladimi, ularni mamlakatimizning taraqqiyotiga hissa qo‘shishga jalb qilish. Bu borada ham ishlarni tizimli tarzda yo‘lga qo‘yib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi», – dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.
Farhod Arziyev ushbu reyestrning ahamiyati haqida Xalqaro press-klubning iyun oyidagi sessiyalaridan birida ham to‘xtalib o‘tgan edi.
«Dunyo tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, Turkiyada ham, Xitoyda ham, Hindistonda, Yevropa davlatlari, masalan Italiya va Irlandiyada ham shunday tajriba bo‘lgan – o‘z vaqtida xorijda shakllangan diasporalarning salohiyati mamlakat taraqqiyotiga jalb qilingan.
Xitoy misolida olsak – ularning diasporasini xuatsyao deyishadi – 90-yillarda xorijdan Xitoyga kirib kelgan investitsiyalarning salkam 90 foizi bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich taxminan 60 foizni tashkil qiladi. Dollarga chaqadigan bo‘lsangiz, so‘nggi yillarda Xitoyga kirib kelayotgan taxminan 350 milliard dollarlik investitsiya bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar tomonidan kiritilgan.
Bu yo‘nalishga biz taraqqiyotimiz uchun o‘sish nuqtalaridan biri sifatida qarayapmiz», – degandi u.
TIV rasmiysi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan chet el fuqarolariga viza masalasida yengillik berilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan edi.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.03.2026
Yaqin Sharq davlatlaridan 19 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
13:45 / 06.03.2026
Xorijdagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus bot ishga tushdi
18:49 / 04.03.2026