Jahon | 21:12 / 18.08.2020
2677
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 120 mingga yaqin mahbus afv etildi 

Indoneziya hukumati mamlakat mustaqilligining 75 yilligi nishonlanishi doirasida 119 ming 175 nafar mahbusning jazo muddatini qisqartirdi. Bu haqda Tempo.Co nashri xabar berdi. 

Foto: SABINE HEINLEIN

Avf etish doirasida 1438 mahbus ozodlikka chiqarilgan. Qolgan mahbuslarning jazo muddati 1 oydan 6 oygacha qisqartirilgan.

“Afv etish o‘zini yaxshi tutgan mahbuslarni qadrlashga qaratilgan. Agar ular o‘zlarini yaxshi tutishmaganda, afv etilmasdilar”, deb aytgan mamlakatning axloq-tuzatish muassasalari bosh direktori Reynxard Silitong.

Ta'kidlanishicha, ushbu dastur barcha ma'muriy va asosiy talablarni bajarganlar, jumladan turmada 6 oydan ko‘proq o‘tirgan, intizomni buzmagan va rivojlanish dasturida faol qatnashgan mahbuslarga taqdim etilgan.

Ta'kidlanishicha, afv etish natijasida davlat mahbuslarni ovqatlantirishda 176 milliard rupiy (11,9 mln dollar) tejaydi.  

Indoneziya adliya va inson huquqlari vaziri Yasonna Xlaolining ta'kidlashicha, ozodlikka chiqarish axloq-tuzatish muassasalarida muvaffaqiyatga erishishdagi muhim yechim hisoblanadi. U mahbuslarni o‘z ustida ishlashga va yaxshi odamga bo‘lishga undaydi, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid