Jahon | 17:47 / 18.08.2020
5797
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obama ma'muriyatini tarixdagi eng korrupsiyalashgan ma'muriyat deb atadi

Avvalroq Barak Obamaning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama Donald Trampni mamlakat uchun yomon prezident deb atagandi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatini tarixdagi eng korrupsiyalashgan ma'muriyat deb atadi.

 Avvalroq Barak Obamaning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama Donald Trampni mamlakat uchun yomon prezident deb atagandi. Uning qayd etishicha, Tramp tartibsizlik olib kelmoqda va ishini uddalay olmayapti, agarda ikkinchi muddatga saylanadigan bo‘lsa, AQShdagi vaziyat yomonlashadi.

 Mishel Trampning ishsizlik o‘sishi, iqtisodiyotning pasayishi, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar, irqchilik, an'anaviy ittifoqchilarning yo‘qotilishiga olib kelgan harakatlarini tanqid qildi.

"Obama va Bayden (sobiq vitse-prezident) ma'muriyati tarixdagi eng korrupsiyalashgan ma'muriyat bo‘lgan, jumladan mamlakatimiz tarixidagi eng yirik siyosiy mojaro - mening kampaniyamni yashirincha kuzatishganini ham qo‘shadigan bo‘lsak. Bu xiyonat deb ataladi va hatto undan ham ortiqroq. Yaxshi so‘zlar uchun rahmat, Mishel!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

 Tramp AQSh maxsus xizmatlari xodimlari 2016 yilda uning saylovoldi kampaniyasini yashirincha kuzatganini ilgari ham bir necha marta ta'kidlagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid