Jahon | 08:21 / 19.08.2020
6283
1 daqiqa o‘qiladi

Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlariga rasman nomzod etib tasdiqlandi

18 avgustda AQSh Demokratik partiyasi noyabrda o‘tadigan prezident saylovlari uchun o‘z nomzodi sifatida Jozef Baydenni tasdiqladi. Bu qaror partiyaning Miluokida o‘tgan qurultoyida qabul qilindi.

Foto: AP/Carolyn Kaster

Nomzod bo‘yicha ovoz berish pandemiya sababli onlayn formatda o‘tgan. AQSh shtatlari va dengizorti hududlari delegatsiyalari vakillari Bayden yoki Vermont shtatidan senator Berni Sanders uchun ovoz berishlarini navbat bilan e'lon qilishgan. Sanders Baydenning partiya ichidagi kurashdagi asosiy raqibi bo‘lgan, ammo aprelda saylovoldi poygasidan chiqib ketgan.

Baydenga umumiy hisobda 3550 tadan ko‘proq, Sanders uchun 1150 tadan ko‘proq ovoz berilgan. Oxirgi bo‘lib Delaver shtati vakillari so‘z olishgan. Bayden aynan shu shtatda hayotining ko‘p qismini yashagan.

AQSh prezidenti saylovlari 3 noyabrga belgilangan.

Mavzuga oid