O‘zbekiston | 08:56 / 19.08.2020
2645
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bojxona sohasiga aloqador xalqaro konvensiyaga qo‘shiladi

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish rejalashtirilyapti.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona tartibotlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi o‘zgartirishlar bilan) quyidagi qo‘shimcha shart bilan qo‘shilish mo‘ljallanmoqda:

“O‘zbekiston Respublikasi Konvensiyaning “Ye” Maxsus ilovasi (Tranzit) 3-bobidan (Tovarlarni kabotaj tashish) tashqari barcha ilovalar va boblarini qabul qiladi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid