Urgutda to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat sodir bo‘ldi
2020 yil 18 avgust kuni soat 15:30larda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Baxrin» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 - Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yirik avtohalokat sodir bo‘ldi.
«Adolat sari» gazetasi xabariga ko‘ra, haydovchi — Jomboy tuman «Chalaqo‘rg‘on» mahallasida yashovchi A.D. boshqaruvida bo‘lgan «ZIL» rusumli yuk avtomashinasi Samarqand – Urgut yo‘nalishida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan, Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada, «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi A.Sh., yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan J.A. va Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan T.N. voqea joyida vafot etgan. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan uchinchi yo‘lovchi B.I. Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
«Cobalt»ning boshqa yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi F.M., uning o‘g‘li — voyaga yetmagan B.A. va Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi M.L. tan jarohati olib, Urgut TTBga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024