Johnson & Johnson 6,5 milliard dollarga biotexnologik kompaniyani sotib oldi
Johnson & Johnson 19 avgustda AQShning Momenta Pharmaceuticals biotexnologik kompaniyasini sotib olganini e'lon qildi. Xarid qiymati 6,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Johnson & Johnson biotexnologik kompaniyaning har bir aksiyasi uchun 52,5 dollar to‘laydi. Ushbu qiymat kompaniyaning 18 avgustdagi savdolar yopilishi vaqtidagi aksiyalari narxiga nisbatan 70 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.
Momenta autoimmun kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2019 yilda kompaniya 23,9 mlrd dollar tushum olgani va 290 mln dollar zarar ko‘rgani haqida hisobot bergan.
Pandemiya boshlangandan keyin biotexnologik kompaniyalarga qiziqish ortgan. Dealogic ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshida bunday kompaniyalar IPO davomida 9,4 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa hozirdayoq biotexnologik kompaniyalar uchun IPO summalari bo‘yicha rekord yil bo‘lgan 2018 yildagi ko‘rsatkichdan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
J&J Momenta’ni sotib olib, uning noyob autoimmun kasallik – miasteniya gravisni davolashga mo‘ljallangan Nipocalimab dori vositasini qo‘lga kiritadi.
2019 yilda Merck kompaniyasi 2,7 mlrd dollarga saratonga qarshi dori vositalari ishlab chiqaruvchi ArQule’ni, Sanofi esa 2,5 mlrd dollarga Synthorx biotexnologik kompaniyasini sotib olgan. Joriy yilda esa Eli Lilly saratonga qarshi vositalar ishlab chiqaruvchi Loxo Oncology’ni 8 mlrd dollarga, Pfizer esa saratonga qarshi dori ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya - Array’ni 10,6 mlrd dollarga xarid qilgan.
Mavzuga oid
21:03 / 20.08.2021
Johnson & Johnson bosh direktori yil oxirida iste'foga chiqadi
21:09 / 14.06.2021
AQShda Johnson & Johnson’ning 60 million doza vaksinasi yo‘q qilib yuboriladi
18:10 / 29.05.2021
Buyuk Britaniya Johnson & Johnson kompaniyasining bir dozalik vaksinasini ma'qulladi
22:32 / 03.05.2021