Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Ummon ishbilarmonlar kengashi ta'sis etiladi
Ikki mamlakatning moliyaviy institutlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.
2020 yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston va Ummon Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov va Ummon Sultonligi tashqi ishlar vazirining diplomatik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa bin Ali bin Iso al-Harisiy rahbarlik qildi.
TIV xabariga ko‘ra, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida O‘zbekiston-Ummon munosabatlarining hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘lib, ularning hozirgi ko‘rsatkichlari tomonlarning mavjud salohiyatiga mos kelmaydi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport yo‘lagi to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston-Ummon ishbilarmonlar kengashini ta'sis etish, ikki mamlakatning moliyaviy institutlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish muhimligi ta'kidlandi.
Suhbat chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishdagi masalalarni tezkor hal etish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
09:02 / 07.02.2026
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
09:33 / 04.11.2025
O‘zbekiston–Ummon: ta’limda qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
09:03 / 13.09.2025