“Dunyo” AA xabariga köra, Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Ummon Sultonligining ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Şaibani bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda, xususan, Samarqand şahrida bölib ötgan YuNESKO boş konferensiyasining 43-sessiyasi yuqori saviyada taşkil etilgani qayd etildi. Mazkur nufuzli anjuman doirasida qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Muloqot davomida ikki mamlakatning ta’lim muassasalari örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş, zamonaviy ta’lim dasturlarini işlab çiqiş, şuningdek kasbiy ta’lim va innovatsiya yönalişlarida tajriba almaşiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ummon ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Şaibani Özbekiston va Ummon örtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlik ikki xalq örtasidagi döstona munosabatlar va amaliy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun mustahkam asos ekanini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni sifat jihatdan boyitiş, jumladan qöşma loyihalarni amalga oşiriş, talabalar uçun qisqa muddatli malaka oşiriş (stajirovka) va akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişdi.