TIV ma’lumotiga köra, delegatsiyalarga Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev hamda Ummon taşqi işlar vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Şayx Xalifa bin Ali al-Xarisiy rahbarlik qildi.
Muzokaralarda Özbekiston–Ummon munosabatlarining joriy holati va rivojlaniş istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaş, hamkorlikning şartnoma-huquqiy bazasini kengaytiriş va xalqaro taşkilotlar doirasida özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyor ekanini tasdiqladi.
Asosiy e’tibor iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş masalalariga qaratildi. Ikki tomon taşqi savdo hajmini oşiriş va uni diversifikatsiya qiliş, şuningdek, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan çoralar işlab çiqişga kelişib oldi.
Şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi.
Maslahatlaşuvlar yakunida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va Ummon Taşqi işlar vazirligi örtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qöşma harakatlar rejasi imzolandi.













