Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» Chempionlar ligasi tarixidagi rekord gonorar oladi
Myunxenning «Bavariya» klubi 2019/20 yillardagi mavsumda Chempionlar ligasidagi ishtiroki natijalariga ko‘ra 120 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ishlab topadi. Ta'kidlanishicha, bu Chempionlar ligasi tarixidagi rekord summa hisoblanadi.
Avval bu boradagi rekord “Barselona”ga tegishli bo‘lgan. Klub 2019 yilda Chempionlar ligasidagi ishtirokidan 117,73 mln yevro ishlab topgan.
“Bavariya” musobaqaning guruh bosqichiga chiqqani uchun 15,25 mln yevro, guruh bosqichidagi 6 ta g‘alaba uchun 16,2 mln yevro, 1/8 finalga chiqqaniga 9,5 mln yevro olgan. Myunxen klubi, shuningdek, ushbu qiymatdan 10,5 mln yevroni Chempionlar ligasi chorak finaliga, 12 mln yevroni yarim finaliga va 15 mln yevroni finalga chiqqani uchun olgan. Agar Xans-Diter Flik klubi finalda g‘alaba qozonsa yana 4 mln yevro va UYeFA Superkubogida ishtirok etish huquqini qo‘lgani kiritgani uchun yana 3,5 mln yevro oladi.
Shuningdek, nemis klubi telenamoyishlar huquqidan 11,5 mln yevro va oxirgi o‘n yillikda Chempionlar ligasidagi ishtirok bo‘yicha reytingdagi 3-o‘rin uchun 33,24 mln yevro oladi.
Klub finalda mag‘lubiyatga uchrasa, qo‘lga kiritadigan jami summasi 123 mln yevroni, g‘alaba qozongudek bo‘lsa, 130 mln yevroni tashkil qiladi, deb xabar berdi Kicker.de portali.
Chempionlar ligasining final uchrashuvi 23 avgustda Lissabonda bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yinda “Bavariya” va Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” klublari uchrashadi.
Mavzuga oid
23:45 / 31.05.2026
Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026