Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlariga tayyorgarlik 30 avgustgacha nihoyasiga yetkaziladi – DTM
Bu yilgi test sinovlariga tayyorgarliklar 30 avgustda nihoyasiga yetkaziladi, deb ma'lum qildi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.
«Test sinovlari uchun respublika miqyosida 40ta stadion va xiyobonlar tanlab olingan. Hozirda tayyorgarlik ishlari amalga oshirilyapti. Bu jarayon 30 avgustga qadar davom etadi.
Barcha hududlarda zaruriy jihozlar, talab darajasidagi videokuzatuv qurilmalari, shaxsni identifikatsiya qilish uskunalari o‘rnatilmoqda.
Test sinovlari davomiyligi Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kun, Farg‘ona viloyatida 10 kun ichida bo‘ladi. Har bir hudud navbatchi tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta'minlanadi. Binoga kirishda abituriyentlar dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Harorat o‘lchanib, tibbiy qo‘lqop, niqob va kepkalar beriladi.
Imtihon paytida shaffoflikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi. Avvalo, abituriyentlar shaxsini identifikatsiyalash vositalaridan o‘tgach, hududga kiritilishi joriy qilinadi. Jarayon videokuzatuvda bo‘ladi va onlayn translatsiya qilinadi» – dedi Sardor Rajabov 21 avgustda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarga maxsus ruxsatnoma berilishi 22 avgustdan, test sinovlari esa 2 sentyabrdan boshlanadi .
Ma'lum qilinishicha, test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirib bo‘lmaydi, abituriyentlardan pasportning asl nusxasi va abituriyent ruxsatnomasi so‘raladi.
Mavzuga oid
13:41 / 19.06.2021
OTMlarga qabul 20 iyundan boshlanadi
21:06 / 14.06.2021
Milliy test tizimi savollari sotilayotgani aytilmoqda. Bu nimasi bilan xavotirli?
23:07 / 12.06.2021
Internetda milliy test tizimi savollari tarqaldi. DTM izoh berdi
14:50 / 05.06.2021