«Test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirib bo‘lmaydi» – DTM mutasaddisi
Test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirish mumkin emas, imtihonga kirishda pasport bo‘lishi talab etiladi. DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov AOKAda o‘tkazilgan brifingda shu haqdagi savolga javob berdi.
«Test sinovlarini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 aprelda qabul qilingan 261-sonli alohida qarori, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyunda qabul qilingan 393-sonli qarori bor. Mana shu hujjatlarning hammasida abituriyent test sinovlariga shaxsan pasportini olib kelishi ko‘rsatilgan.
Abituriyentlardan test sinovlariga pasportlarini olib kelishlarini so‘rab qolamiz. Test sinovlariga kelishda pasport va ruxsatnoma – ikkita hujjat bo‘lishi kerak. Uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bu qarorlarda ko‘rsatilmagan. Abituriyentlardan test sinovlariga kirishda pasportlari bo‘lishini talab qilamiz», dedi Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov shu haqdagi savolga javoban.
Test sinovlarining stadion va xiyobonlarda o‘tishi va abituriyent ruxsatnomasining shakli va tarqatish tartibi masalalariga bag‘ishlangan brifingda nogironligi bo‘lgan shaxslarga test sinovlarda qanday imtiyozlar berilishi haqidagi savolga ham javob qaytarildi.
«Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida tartiblar joriy qilingan. Test sinovlarining o‘tkazilishida shart-sharoitlar yaratilishi bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar bor.
Vaqt nuqtayi nazaridan, barcha abituriyentlarning huquqini birdamlikda ta'minlash uchun vaqt me'yori bir xil», dedi DTM boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.
Avvalroq, Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov 22 avgustdan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlanishini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?

11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi

15:27 / 09.07.2022
Imtihonlar sanasi, tartibi va boshqalar: Sardor Rajabov bilan suhbat

15:11 / 06.07.2022