Jahon | 19:40 / 22.08.2020
12583
1 daqiqa o‘qiladi

Berlindagi 40dan ortiq maktabda koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi

Germaniya poytaxtida ikki hafta avval yozgi ta'tildan so‘ng 825ta maktab ochilgandi.

Foto: dpa

O‘quv mashg‘ulotlari boshlanganidan ikki hafta o‘tgach, Berlindagi kamida 41ta maktabda COVID-19 bilan kasallanish holatlari aniqlandi, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.

Kasallik yuqtirish holatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ham, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham aniqlangan.

O‘quvchilar dars vaqtida himoya niqobisiz o‘tirishadi va tanaffusda tashqariga chiqishganida niqob taqishadi. Ayrim ekspertlar bu choralar judayam zaif ekanligini va o‘quvchilar maktabda kun davomida niqob taqishlari shartligini aytishmoqda.

Germaniya poytaxtida ikki hafta avval yozgi ta'tildan so‘ng 825ta maktab ochilgandi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, Germaniyada ayni vaqtda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 233 197 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 9 272 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid