Nurobodda sandiq ichidan pullarni o‘marib ketganlar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2020 yil 21 avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi J. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
U 2020 yil 14 avgust kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar yashash uyining xonasida bo‘lgan temir sandiq ichidan jami 8.200 AQSh dollari va 20.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bayon qilib, ushbu noma'lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora qo‘rib, yetkazilgan moddiy zararni undirib berishni so‘ragan.
Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, mazkur o‘g‘irlik jinoyati Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi, 1998 y.t. L. va 1996 y.t. Q. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024
Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yilga qamaldi
21:49 / 16.08.2024
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida o‘g‘rilar ushlandi
21:01 / 05.08.2024