Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Kinematografiya to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda «Kinematografiya to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ustida ish olib boruvchi ishchi guruhi tuzildi. «O‘zbekkino» milliy agentligidan ma'lum qilishlaricha, ishchi guruh kinoijodkorlar ish samaradorligini oshirishning barcha prinsipial muhim masalalarini ko‘rib chiqadi.
«Biz prezidentimizning 30 yildan beri O‘zbekiston kinosanoatida mavjud eskirgan va arxaik mexanizmlardan voz kechishga chorlaydigan «Kinematografiya to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz. Milliy kinosanoatimizda bir qator institutsional va huquqiy-normativ kamchiliklar mavjud.
Jumladan, ichki normativ-huquqiy bazaning takomillashmagani, ta'lim sifatining yetarli emasligi, kinematografik merosni saqlash bo‘yicha izchil siyosatning yo‘qligi, moddiy-texnik bazaning pastligi, kinoprokat imkoniyatlarining yetishmasligi hamda o‘zbek filmlarining tanqisligi va past raqobatbardoshligi, kino kompaniyalarini filmlar seriyasini yaratishga jalb qilish amaliyotining yo‘qligi ham dolzarb masalalardan.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish muammosi, chet ellik sheriklarning O‘zbekistonda kino sanoatini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida yetarli darajada xabardor emasligi, kinofestivallar, kino bozorlari, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarning muntazam tashkil etilmasligi kabi asosiy sabablar O‘zbekistondagi kino sanoatidagi vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatdi», – deyiladi «O‘zbekkino» milliy agentligi bayonotida.
Avvalroq O‘zbek kinomatografiyasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
18:01 / 01.11.2022
O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada
15:21 / 23.11.2021
«Hech qanday muammo yo‘q» - «O‘zbekkino» «Osmondagi bolalar 3» filmi bo‘yicha Zulfiqor Musoqovning e'tirozlariga javob berdi
16:50 / 21.04.2021
Samarqandda kinoteatr qurish sharti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi
12:48 / 20.10.2020