Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimiga beshinchi maslahatchi tayinlandi
Otabek Olimjonov viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egalladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yana bir maslahatchi tayinlandi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Otabek Olimjonov viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga munosib ko‘rildi, deyiladi xabarda.
O. Olimjonov 1980 yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Bungacha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Marketing boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Prezidentning 2020 yil 19 iyundagi PQ-4755-sonli qarori bilan Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilishi belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar Qashqadaryo viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi kabi lavozimlar joriy qilingan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026