Isroil elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
Abdulaziz Komilov Isroil elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
2020 yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan elchining samarali faoliyati va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
O‘z navbatida, elchi Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024