Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidagi baxsiz hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi
Yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Foto: FVV
Joriy yilning 25 avgust kuni soat 16:24larda A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining 222,3-kmda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, «Vodiy – Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «Isuzu» rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan.

Buning oqibatida yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinaning yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, ya'ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma borligi ma'lum bo‘lgan.
Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan «Qamchiq» Maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X.Bobonov boshchiligidagi shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.
Yong‘in-qutqaruvchilarining olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026