Jahon | 17:38 / 26.08.2020
5387
2 daqiqa o‘qiladi

Viskonsinda politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida ikki kishi halok bo‘ldi

Kenosha shahrida tartibsizliklar, o‘t qo‘yishlar va talonchiliklarga aylanib ketayotgan namoyishlar yakshanbadan beri davom etmoqda.

Foto: AP Photo/Morry Gash

25 avgust kuni Viskonsin shtati politsiyasi Kenosha shahrida irqchilikka qarshi namoyishga chiqqanlarga nisbatan o‘tochar qurol qo‘lladi. Uch kishi yaralangan, ulardan ikki nafari vafot etdi, deb xabar berdi AR agentligi.

Yaralangan shaxs kasalxonada og‘ir ahvolda yotibdi, ammo uning hayoti xavf ostida emas, dedi shahar politsiyasi vakili Jozef Nozeylik.

O‘t ochish bilan bog‘liq holat mahalliy vaqt bilan soat 23:45lar atrofida sodir bo‘lgan. Bundan avval politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan, namoyishchilar esa do‘konlarga o‘t qo‘ygan.

Kenosha shahrida tartibsizliklar, o‘t qo‘yishlar va talonchiliklarga aylanib ketayotgan namoyishlar yakshanbadan beri davom etmoqda. O‘sha kuni politsiya xodimlari 29 yoshli afroamerikalik Jyeykob Bleykka bir necha marta o‘q uzishgan. U kasalxonaga yotqizilgan. 

 Politsiyachilarning bu harakati aks etgan videolavha tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng politsiyaga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi. 

 Dushanba kuni Viskonsin gubernatori Toni Ivers Kenosha shahriga 125 nafar milliy gvardiyachilarni chaqirdi va shaharda komendantlik soati joriy etdi. Tartibsizliklar ikkinchi kuni ham davom etganidan so‘ng u shaharda favqulodda holat e'lon qildi va yana 125 nafar milliy gvardiya xodimini yordamga chaqirdi.

Mavzuga oid