25 avgust kuni Viskonsin ştati politsiyasi Kenoşa şahrida irqçilikka qarşi namoyişga çiqqanlarga nisbatan ötoçar qurol qölladi. Uç kişi yaralangan, ulardan ikki nafari vafot etdi, deb xabar berdi AR agentligi.

Yaralangan şaxs kasalxonada oğir ahvolda yotibdi, ammo uning hayoti xavf ostida emas, dedi şahar politsiyasi vakili Jozef Nozeylik.

Öt oçiş bilan boğliq holat mahalliy vaqt bilan soat 23:45lar atrofida sodir bölgan. Bundan avval politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan, namoyişçilar esa dökonlarga öt qöygan.

Kenoşa şahrida tartibsizliklar, öt qöyişlar va talonçiliklarga aylanib ketayotgan namoyişlar yakşanbadan beri davom etmoqda. Öşa kuni politsiya xodimlari 29 yoşli afroamerikalik Jyeykob Bleykka bir neça marta öq uzişgan. U kasalxonaga yotqizilgan. 

 Politsiyaçilarning bu harakati aks etgan videolavha tarmoqlarda tarqalganidan söng politsiyaga qarşi namoyişlar tölqini boşlandi. 

 Duşanba kuni Viskonsin gubernatori Toni Ivers Kenoşa şahriga 125 nafar milliy gvardiyaçilarni çaqirdi va şaharda komendantlik soati joriy etdi. Tartibsizliklar ikkinçi kuni ham davom etganidan söng u şaharda favqulodda holat e'lon qildi va yana 125 nafar milliy gvardiya xodimini yordamga çaqirdi.