O‘zbekiston | 10:02 / 27.08.2020
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Afg‘oniston tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

2020 yilning 28-29 avgust kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishicha, bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid