Foto: Mo‘ynoq aeroportiga ilk marta Airbus A320 samolyoti qo‘ndi
26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahridagi qayta ta'mirlangan aeroportga ilk marta Uzbekistan Airways aviakompaniyasining A320 samolyoti qo‘ndi.
O‘tgan asrning 1960-yillarida barpo etilgan bu aeroportga shu vaqtgacha faqat An-2, An-24 va Yak-40 samolyotlari qo‘ngan.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, obektning 2,4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish va harakatlanish yo‘laklarini qurish ishlari uchun 81 milliard so‘m ajratilgan.
50 ta yo‘lovchiga mo‘ljallangan terminal qurish va aeroport chegarasiga 9 km uzunlikdagi to‘siqlar o‘rnatish ishlariga 16 milliard so‘m carflanishi belgilangan.
Shuningdek, signal chiroqlari va radiolokatsiya uskunalari uchun 60 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Aeroport rekonstruksiyasi loyihachilari sifatida «Aeroyo‘l loyiha» va «Boshtrans loyiha» MChJlar qatnashgan. Bosh pudratchilar – «Shuraxon Qurilish Montaj» MChJ va Mo‘ynoq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi.
Aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan, yangi terminal binosini qurish va aeroport atrofini o‘rash ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan amalga oshirildi.
Mavzuga oid
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
19:31 / 14.11.2024