Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Yuventus» muxlislariga murojaat qildi
Foto: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu instagramdagi sahifasida jamoa muxlislariga murojaat qildi va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida ta'sirli so‘zlarni yozdi.
«Byankoneri» bilan yangi, uchinchi mavsumga tayyorlanar ekanman kayfiyatim, ishtiyoqim har doimgidan baland ekanini his qilmoqdaman. «Yuventus»dagilar va jamoadoshlarim bilan Italiyani, Yevropa va dunyoni zabt etish yo‘lida ishlashda davom etamiz.
Rekordlarni yangilash, sovrinlarni yutish, har doimgidan yaxshiroq bo‘lishga intilishda, oldimda muammolar chiqsa ham, barchasiga ulgurishga harakat qilishda davom etaman.
Har yangi yil muxlislarni xursand qilish va yangi sarguzashtlar uchun imkon degani. «Yuventus» tarixining bir qismi bo‘lish, unda o‘z nomimni yozishda davom etaman. Biz – «Yuventus»miz! Biz – chempionlarmiz! Biz kuchliroq bo‘lib qaytdik. O‘z kuchimizga ishonamiz. Biz birgamiz, oxirigacha», deb yozdi Ronaldu instagramdagi sahifasida.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025