Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston professional ta'limida o‘qitishning dual tizimi tashkil etiladi
Dual ta'lim “Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi professional ta'limida o‘qitishning dual tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi professional ta'limida o‘qitishning dual tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Nizomga ko‘ra, dual ta'limni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar hamda oliy ta'lim muassasalari tegishli kasb (mutaxassislik)lar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida dual ta'lim joriy etiladigan korxona (tashkilot)larni aniqlaydi va ro‘yxatini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etadi.
Bunda, mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi korxona (tashkilot)lar dual ta'lim joriy etish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taklif kiritishlari mumkin.
Dual ta'lim tashkil etiladigan professional ta'lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Dual ta'lim tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan ta'lim muassasalari imkoniyatlari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilangan ekspertlar ishtirokida o‘rganilishi mumkin.
Kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shaklida ta'lim olayotgan o‘quvchilar dual ta'limga o‘qishini ko‘chirish taqiqlanadi. Shuningdek, Ta'lim muassasasi va korxona (tashkilot) o‘rtasida yoki korxona (tashkilot) va o‘quvchi(lar) o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinganda o‘quvchi(lar) o‘qishi mos ta'lim darajasidagi kunduzgi ta'lim shakliga o‘tkaziladi.
Dual ta'limda o‘quvchilar to‘lov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida ta'lim olishlari mumkin.
To‘lov-kontrakt miqdori tizimida Ta'lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, yirik va kichik biznes sub'yektlarida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta'minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish uchun mehnat faoliyati bilan ta'limni uyg‘unlashgan holda tashkil etish orqali malakali kadrlar tayyorlash - Dual ta'limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dual ta'limni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxona (tashkilot)dagi ishlab chiqarish sharoitlari bilan Ta'lim muassasalari o‘quv jarayonlarini o‘zaro bog‘lash;
- o‘quvchilarni mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta'limning ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini korxona (tashkilot)larda hamda nazariy va o‘quv-amaliy qismini Ta'lim muassasalarida tashkil etish;
- hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish hamda iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish;
- korxona (tashkilot)lar hamda Ta'lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik formatlari va modellarini ishlab chiqish;
- ta'lim dasturlarini mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirgan holda kompetensiyalarni shakllantirish;
- ta'lim dasturlarini ish beruvchilarning talablari va ulardagi texnologik yangilanishlar asosida takomillashtirib borish;
- kadrlarni tayyorlash va ta'lim dasturlarini amalga oshirishni moliyalashtirish;
- korxona (tashkilot)lar va Ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini takomillashtirish;
- bitiruvchilarni baholashda korxona (tashkilot)lar ishtirokini yanada kengaytirish;
- turli yoshdagi aholi qatlamini tegishli kasb (mutaxassisliklar) bo‘yicha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.
Dual ta'limni amalga oshirish quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- Dual ta'lim tashkil etiladigan korxona (tashkilot)larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, vazirliklar va idoralar taklifi asosida aniqlash;
- Korxona (tashkilot) va Ta'lim muassasasi hamda korxona (tashkilot) va o‘quvchi o‘rtasida shartnoma tuzish;
- O‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
- Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;
- Ta'lim dasturlarni ishlab chiqish hamda yangilab borish;
- Mehnat bozorida kadrlarga bo‘lgan talab va takliflarni inobatga olgan holda Dual ta'lim jarayonini tashkil etish;
- Dual ta'lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan kadrlarni baholash.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026