Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya O‘zbekistondagi oltin konlarini qazib olish loyihalarida ishtirok etadi
Turkiya bilan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amaliy ijro etish bo‘yicha tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, energetika va tog‘-kon sektorlariga «Jyengiz» kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish rejalashtirilgan.
Bunda «Jyengiz» kompaniyasi bilan ilgari «Aksa Enerji» kompaniyasi uchun ma'qullangan shartlarda elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha elektr energiyasini xarid qilish to‘g‘risida bitim va investitsiya bitimini imzolash, oltin konlarini qazib olish loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha Turkiya tomoniga takliflar yuborish va muzokaralar o‘tkazish, qat'iy kelishuvlarga erishish nazarda tutilgan.
Chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari - 2020 yil sentabr, 2020 yil avgust va 2020 yil oktabr-noyabr.
Ijro uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar - Energetika vazirligi (A. Sultonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islomov).
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026
Yarim yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston oltin eksportini qayta tikladi
17:24 / 21.05.2026