Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerga ko‘p qavatli bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda
Foto: AP
1 sentyabrda 2011 ES4 asteroidi Yer yaqinidan uchib o‘tadi. Bu haqda AQShning NASA koinot agentligi saytida ma'lum qilindi.
Agentlikning xabar berishicha, asteroid Yerga Toshkent vaqti bilan 1 sentabr soat 21:12da yaqinlashishi kutilmoqda. O‘lchami 22 metrdan 49 metrgacha bo‘lgan ushbu samo jismi sayyoramizga 120 ming km masofagacha yaqinlashadi. Taqqoslash uchun shuni keltirish mumkinki, Oydan Yergacha masofa 384,4 ming kmni tashkil qiladi. Samo jismining uchish tezligi 8,16 km/soniyani tashkil qiladi.
Asteroid 2011 yil 2 martda kashf qilingan. U “Apollon” asteroidlar guruhiga kiradi, ularning uchish yo‘li Yer orbitasi bilan kesishadi.
Avvalroq, NASA 3 noyabrga belgilangan AQSh prezidenti saylovlari arafasida Yerga 2018 VP1 asteroidi yaqinlashishi haqida xabar qilgandi. Samo jismi 2 noyabrda Yerdan 419 ming km uzoqlikda uchib o‘tadi. Asteroid o‘lchami maktab avtobusidan kichikroq bo‘lib, xavfli deb topilmagan, chunki samo jismi trayektoriyasining kompyuter modeli kelgusida uning sayyoramiz bilan to‘qnashmasligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
21:09 / 20.01.2026
NASA insonni Oyga yubormoqda: kosmik kema tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga o‘tkazildi
08:09 / 05.01.2026
Orbitaga yeta olmagan missiyalar: 2025 yildagi eng yirik kosmik avariyalar
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025