O‘zbekiston | 00:10 / 30.08.2020
13917
2 daqiqa o‘qiladi

Yerusti metrosining “Do‘stlik-2” – “Qo‘yliq” yo‘nalishi 30 avgust kuni ochiladi

Foto: Prezident matbuot-xizmati

“Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin.

Toshkent metropoliteni yangi yerusti halqa yo‘lining "Do‘stlik-2" bekatidan "Qo‘yliq" bekatigacha harakat 30 avgust soat 06:00 dan yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, "Do‘stlik" bekatidan "Do‘stlik-2" bekatiga o‘tish bepul.

29 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

“Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan mazkur yo‘nalish uzunligi 11 kilometr bo‘lib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid