Qayd etilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni bu yerga taşrif buyurib, jamoatçilik bilan birga poyezdda yurdi.

“Döstlik-2” bekatidan “Qöyliq” bekatigaça bölgan mazkur yönaliş uzunligi 11 kilometr bölib, 7 ta bekat barpo etilgan. Birinçi bekatdan oxirgisigaça 19 daqiqada yetib oliş mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi. Uşbu yönaliş kuniga 46 ming yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, öziga xos dizaynda qurilgan. Ular yölovçilarga qulaylik yaratuvçi zamonaviy texnologiyalar, yöl kira haqini elektron tölaş imkonini beruvçi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi iş örni yaratilgan.

“Qöyliq” bekatida keyingi bosqiçlar qurilişi böyiça taqdimot ötkazildi. Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bölib, beşta bosqiçda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ikkinçi bosqiçda Qöyliq bozori bilan Toşkent yerosti metrosining “Olmazor” bekati boğlanadi. Uçinçi bölib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigaça bölgan qism quriladi. Sönggi bosqiçda esa halqa metro liniyasi yana “Döstlik” bekatiga ulanadi. Bu yöllarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta böladi, deyiladi xabarda.