Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari o‘zgardi
Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov boshqa ishga o‘tayotganligi sababli vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Husan Mamajonov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Husan Mamajonov mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
52 yoshli Husan Mamajonov 1993 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiyot tizimida turli vazifalarda ishlagan. Xususan, u Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Botir Isabekov lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:10 / 02.12.2025
“Suv sepish bilan ish bitmaydi” – Farg‘ona havosi hamon o‘ta zararli bo‘lib qolmoqda
21:34 / 30.11.2025
Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajani tashkil etdi
19:56 / 30.11.2025