Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha turdagi xalqaro qatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma tasdiqlanmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, tegishli soha mas'ullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yo‘l va avtomobil) tiklash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Mazkur vaqtinchalik yo‘riqnoma 2020 yil 1 sentyabrdan e'tiboran kuchga kirishi hamda mazkur yo‘riqnoma kuchga kirgandan so‘ng xorijdagi fuqarolarni to‘lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to‘xtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 2020 yil 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik ayyomini oila davrasida sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya etgan holda nishonlash tavsiya etildi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026