Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya Turkiyani josuslik qilishda gumon qilmoqda
Avstriyada Turkiya prezidenti tanqidchilari ortidan kuzatib yurgan turk josusi qo‘lga olindi. Bu haqda Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer ma'lum qildi.
Foto: RFE/RL
“Avstriyada turk josusligiga o‘rin yo‘q. Biz bunga chidab turmasligimiz tushunarli bo‘lishi kerak”, deb aytgan Negammer.
Vazirning ta'kidlashicha, Avstriya ehtimoliy josusning qo‘lga olinishi munosabati bilan diplomatik choralar ko‘rishni, sud hokimiyati esa unga josuslikda ayblov bildirishni rejalashtirmoqda.
Negammerning aytishicha, josus bir necha hafta oldin kurd va turk namoyishchilari o‘rtasida Venada yuz bergan tartibsizliklarning tergovi davomida fosh qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu josus avvalroq Turkiyada hibsga olingan va turk maxsus xizmatlari uni Avstriyadagi turklar ortidan josuslik qilish uchun yollashga uringan. Rozilik evaziga josus ozodlikka chiqarilgan. Negammerning ta'kidlashicha, qo‘lga olingan josus bu borada tegishli ko‘rsatmalar bergan.
Ma'lum qilinishicha, josus ayol kishi bo‘lishi mumkin, biroq u haqida batafsil ma'lumot oshkor qilinmagan.
Mavzuga oid
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
23:00 / 11.03.2026
G‘arbiy Yevropada AQSh-Eron urushining birinchi kunida sirli radiostansiya ishga tushdi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
12:25 / 07.03.2026