O‘zbekiston | 07:53 / 02.09.2020
31915
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari boshlandi 

O‘zbekistonda bugun, 2 sentyabrdan boshlab oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari boshlandi.

Imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. 1-smena 08:00dan 11:00gacha, 2-smena esa 17:00dan 20:00gacha davom etadi.

Ertalabki smenada soat 6:30dan boshlab, ikkinchi smenada esa soat 15:30dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.

Abituriyentlar imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin o‘z o‘rnini egallagan bo‘lishi kerak. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi.

Kirish imtihonlariga 2ta hujjat: pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan borish talab etiladi. Pasport bo‘lmagan holatda ruxsatnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirish mumkin emas.

Fotolar muallifi Muhammadjon G‘aniyev

Mavzuga oid