Özbekistonda joriy yilda oliy ta'lim muassasasiga öqişga kirişga imtihon topşirgan eng yoşi uluğ abituriyentlardan biri Mamatqul Berdialiyev Toşkent agrar universitetining Termiz filialiga öqişga kira olmadi.

78 yoşli qariya test imtihonlarida 42,1 ball töplagan. 

Oliy ta'lim muassasasi vakili Hamid Norqobilovning ta'kidlaşiça, Mamatqul-bobo imtihonlarda faol iştirok etgan.

“Afsuski, boboga biroz ball yetmadi. Biroq bobo keyingi yil yana hujjat topşirişini va fanlarni puxta örganişini aytdi. Keksa abituriyent 42,1 ball töpladi. Bunday yoşda şunday natijaga erişiş – katta mahoratdir”, deb aytgan Norqobilov.

Qariya öqişga kiriş vaqtida “Mevaçilik va uzumçilik”ni asosiy yönaliş sifatida tanlagan.