Oliy ta'lim muasasalarida test sinovlarini oçiq va şaffof ötişini ta'minlaş maqsadida xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining 4500 nafardan ortiq rahbar va pedagog kadrlarini guruh nazoratçilari sifatida jalb etiş rejalaştirilgan (2017 yilda 81 ming 611 nafar).

Tasdiqlangan dislokatsiya böyiça 60 ta (2017 yilda 1080 ta) binoda 1063 ta (2017 yilda 21765 ta) guruhlar test ötkaziş talablari asosida tayyorlandi.

Davlat test markazi va Davlat feldegerlik xizmati tomonidan test materiallarini joylarga yetkaziş va olib keliş rejasi işlab çiqildi.

1–15 avgust kunlari:

  • Test sinovlari ötkazilişi belgilangan binolarni talab darajasida tayyorlaş, yonğin xavfsizligi çoralarini köriş, binolarga şaxs xavfsizligiga tahdid qiluvçi buyumlar va aşyolar olib kirilişiga yöl qöymaslik;
  • test materiallarini hududlarga yetkaziş va qaytarib olib keliş, ularning daxlsizligini ta'minlaş, xavfsizlik çoralarini köriş, jamoat tartibini saqlaş;
  • şahar yölovçi transportini öz vaqtida va uzluksiz qatnovini ta'minlaş, harakat xavfsizligini qat'iy nazoratga oliş;
  • abituriyentlarning ota-onalari uçun soya-salqin joylar, ötiriş örindiqlarini taşkil etiş, sanitariya va epidemiologiya markazi nazoratidan ötgan salqin içimliklar va sifatli oziq ovqat mahsulotlari savdosini taşkil etiş tadbirlari belgilandi.