Ayni vaqtlarda Kun.uz muxbiri Farğona viloyatining Söx tumanida bölib, bu yerda ötayotgan test imtihonlarini kuzatmoqda. Söxlik abituriyentlar bu yilgi test sinovlarini tumanning “Söğdiyona” markaziy öyingohida topşirmoqdalar.



Abituriyentlar tegişli tartibda tekşiruvdan ötib bölgaç, ularga tibbiy qölqop va niqoblar, içimlik suvi hamda ruçkalar bepul tarqatilmoqda.
Test imtihonlarini topşirilişida adolat va şaffoflikni ta'minlaş maqsadida imtihon bölayotgan hududga 24 ta kuzatuv kameralari örnatilgan.
Test jarayonlarini kuzatiş uçun ota-onalarga tuman Madaniyat bölimida katta monitor örnatilgan bölib, ular şu yerdan turib jarayonlarni töğridan-töğri kuzatişlari mumkin.



Bugungi test imtihonlari ham ikki smenada – soat 08:00 hamda 16:00 da bölib ötadi.
Test imtihonlarini kuzatişga mas'ullarning bergan ma'lumotlariga köra, ayni onlarda birinçi smena test jarayonlarida 716 nafar abituriyent test topşirmoqda. Bugun jami bölib, söxlik 1500 ga yaqin abituriyentlar test imtihonlariga kirişi möljallangan.
Eslatib ötamiz prezident taşabbusi va hukumat qarori bilan bu yil Oliy öquv yurtlariga kirişda söxlik abituriyentlarga 500 ta imtiyozli örin ajratilgan.
Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri.












